Baʼzi adabiy qahramonlar yozuvchining oʻzidan-da mashhur boʻlib ketadi. Natijada qahramon umumiy adabiy mulk sifatida boshqa yozuvchilar asarlariga ham koʻchib oʻtishadi. Ayniqsa bu borada Jozef Bell prototipi boʻlgan bir personaj juda mashhur. Ushbu personajdan keyinchalik Mark Tven, Stiven King, Ayzek Azimov singari mashhur yozuvchilar ham foydalanishgan. Agar siz bu personajni topgan boʻlsangiz, undan oʻzbek adabiyotida foydalangan yozuvchi kimligini yozib bering.