Baʼzan biznesmenlarning oʻziga zoʻr pul ishlayotganday, biznesi yaxshi ketayotganday tuyuladi, aslida esa ishlar unchalik ham yaxshi boʻlmaydi. Qoʻl ostidagilar esa uning koʻziga yomon koʻrinmaslik maqsadida muammolar haqida gapirmaydi. Ushbu holatga eʼtibor qaratgan Bektosh Xatamov USHBU IBORA ni eslab oʻtadi. Bu ibora ilk bor 1837-yilgi ertaklar toʻplami tarkibidagi ertakda qoʻllanilgan. Ertak esa oddiy insonlarning uddaburonligi va topqirligi haqida edi. Savol: gap qaysi ibora haqida ketmoqda?