zakovatklubi.uz

Barcha savollarning matnidagi bittadan soʻzda harflar tushirib qoldirilgan. 1. “Ajin” soʻzi qadimgi slavyan tilidagi “sag” yoki “saj” soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, “qadam” degan maʼnoni anglatgan. Savol: Harflari tushib qolgan soʻzni asl holida yozib bering. || 2. 19-asrda “Omon”ning koʻrsatkichi turli joylarda turlicha hisoblangani aytiladi. Masalan, Xorazmda bir OMON 20 kg dan 40 kggacha, Buxoro va Samarqandda 131 kggacha, Fargʻonada esa 168 kggacha hisoblangan ekan. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering || 3. Qadimgi fors tilida “Fara” soʻzi “parasanga” deb ham atalgan. Odatda “Fara” soʻzi karvonning keyingi dam olish, toʻxtash yoki boshqacha aytganda, bir soatda piyoda bosib oʻtish mumkin boʻlgan masofasiga nisbatan ishlatilgan. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering

Manba