zakovatklubi.uz

Barbengeymer savolidan keyin koʻpchilikka manzur boʻlgan “Barbi” filmidan blits: 1. Barbi filmida Barbilendda buzilish kuzatila boshlagach, Margo Robbi qahramoni oʻzida gʻalati oʻzgarishlar seza boshlaydi. Bu hodisalarga javob topish uchun u Gʻalati Barbi huzuriga boradi. Gʻalati Barbi esa unga tashqi olam bilan portal ochilgani ammo u baland poshnali pushti tufli kiyib odatdagidek hayotini davom ettirishi mumkinligini yoki Birkenstok kiyib koinot sirlaridan xabar topishi mumkinligini aytadi. Savol: bu epizod haqida yozilgan maqolada XX asr oxirlarida suratga olingan qaysi film tilga olinganini yozib bering. || Filmda Barbi Mattel shtab-kvartirasida oʻz yaratuvchisi Rut Xendler bilan uchrashib, birga choy ichadigan sahna bor. Rutning choy damlab uzatishi haqida yozilgan bir maqolada bu sahnada XVI asr boshlarida yaratilgan asarga ishora borligi aytiladi. Savol: oʻsha asar nomni yozib bering? || Film sahnalaridan birida Barbi prezident Barbiga “Choʻqintirgan ota” filmini hech qachon koʻrmaganligini Kenga aytishini taklif qiladi. Shunda Ken oʻzini erkakdek his qilishi va joʻshqinlik bilan filmni tushuntirib berishga urinishini aytadi. Maqolada bu vaziyatda shu kontaminatsiya masxara qilingani aytiladi. Savol: shu kontaminatsiyani yozib bering?

Manba