“Bahorning 17 lahzasi” filmida bir necha epizodda Shtirlitsning qo'llarini yirik planda ko'rish mumkin edi. Biroq bu qo'llar ushbu rolni ijro etgan aktyor Vyacheslav Tixonovniki emas edi. Ushbu kadrlar suratga olinishida film rassomi Feliks Rostochkin xizmatidan foydalanilgan. Diqqat savol: Nima uchun Tixonovning qo'llari yirik planda ko'rsatilmagan?
Uning qo'lida tatuirovka bor edi. Nemis zobiti, SS shtandartenfyurerining qo'lida tatuirovka, ayniqsa “Slava” so'zi bo'lishi tabiiyki mumkin emas edi.