3sual.az

Avstraliyadagi bir shokolad fabrikasida ishlatilgan xomashyoga nisbatan ishlab chiqarilgan mahsulot kamligi fabrika rahbari Frans Zaxerni oʻylantirib qoʻyadi. U bir kun ishchilarni yashirincha kuzatib, mahsulotlarning koʻpini ishchilar yeb qoʻyayotganiga guvoh boʻladi. Frans Zaxer buning oldini olish uchun ishchilariga ish vaqtida buni ham qilishni buyuradi. Amerikalik shifokorlar oʻtkazgan tadqiqot natijasida maʼlum boʻlishicha, buni qilish orqali siz duduqlanishdan xalos boʻlishingiz, stressni yengishingiz va hatto ortiqcha vazndan qutulishingiz mumkin. “Buni qilish” iborasi bilan almashtirilgan soʻzlarni toping.

Manba