Professional tarjimonlar uchun bir qator kompyuter dasturlari ish jarayonida iboralar va butun jumlalar tarjimasini maxsus maʼlumotlar bazasida eslab qolish imkonini beradi; oʻxshash ibora yana duch kelganda, dasturning oʻzi uning tarjimasini taklif qiladi. Amerikaning "Atril" kompaniyasi tomonidan chiqarilgan shunday mashhur dasturlardan birining nomi oʻzbek (va rus) tilida turlanmaydigan otdir. Bu qanday nom?