Oldingizda Angliyaning Sussex (Sasseks) grafligi, Ashdown Forest (Eshdon Forest) hududida joylashgan bitta koʻprikning ikkita fotosurati turibdi. 1907-yilda olingan birinchi suratda yangi qurilgan Posingford Bridge (Posingford Brij) koʻprik tasvirlangan. Ikkinchi surat 1979-yilda, koʻprik restavratsiya qilinib, yangi nom olganidan keyin olingan. Kimning "arzimas" xohishi bilan koʻprik nomi oʻzgartirilganini ayting.