zakovatklubi.uz

Arabiy sheʼrlardan birida, pichoq oshxonada boʻlishi kerakligi, uning vazifasi turli mahsulot, sabzavot-u mevalarni kesish ekani tasvirlanadi. Sheʼrda bu pichoq faqatgina Iksda boʻlsagina odamni jarohatlashi, oʻldirishi mumkin ekanligi aytiladi. D/s: Iksni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻzda ayting? || Sharl Gitoga Igrek ahamiyasiz boʻlgan. Chunki unga, yogʻoch va fil suyagidan yasalgan dastalilari sotuvchi tomonidan taklif etilganda, u ikkinchi variantni tanlaydi. Bunga sabab qilib, rejasi amalga oshgandan soʻng muzeyda koʻrkam holda saqlanishi kerak degan fikrda boʻlgani keltiriladi. Diqqat, savol: Igrekni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻzda ayting. || Islom tarixiga oid asarda Yarmuk jangi oldidan bir arabiy askar Xolid ibni Valid r.a.ga Rum askarlari naqadar koʻpligi va arab asakarlari naqadar ozligini aytib jangdan qaytarmoqchi boʻladi. Xolid ibni Valid r.a. askarni dovyurak boʻlishga chorlar ekan, asar davomida Iks Igrek yoʻq deb aytiladi. Diqqat, savol: Iks Igrekni bir xil harfdan boshlanuvchi toʻrt soʻzda ayting?

Manba