AQSh milliy xavfsizlik agentligi Berlindagi Toyfelsberg tepaligida barpo etilgan, Sharqiy Berlin tomonni eshitish uchun kerak boʻlgan radiostansiya ayrim vaqtlarda radiosignallarni yaxshi tutishini payqab qolgan. Tez orada buni har yili oʻtkaziladigan festivallar bilan bogʻliqligini aniqlashadi. Shundan soʻng, faqat festival vaqtida barpo etiladigan UNI festival tugagandan keyin ham bir oz vaqt joyida qoldirishni soʻrashgan. Savol: UNI unlilari bir xil boʻlgan soʻz bilan yozib bering.