APLning 12- va 13-tur oʻyinlaridan keyin Liverpul klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp haqida baʼzi bir futbol insayderlari hazillashib “Endi Klopp ekologik partiyaga aʼzo boʻlishi kerak” kabi soʻzlarni aytishadi. Bunga sabab esa, Liverpul 12-turda favorit jamoalardan biri Manchester Cityni magʻlub etib, 13-turda autsayder jamoalardan biriga yutqazib qoʻyganida edi. Savol: Liverpul jamoasi 13-turda qaysi klub bilan oʻynagan?