Anvar Obidjonning “Kamonning Zambarakka yozgan xati” nomli sheʼrini tinglang. Sheʼr matnidagi bir soʻzda harflar tushurib qoldirilgan. Zax Uyda yotibman, Qilmishimdan uyalib. Sen yuribsan Qaydadir Hanuz qonga boʻyalib. Rostin aytsam, yolgʻizlik- Tegib ketdi jonimga. Zoʻr boʻlardi Seni ham Opkelishsa yonimga. Savol: Harflari tushurib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.