Antarktidada yashayotgan olimlar orasidagi ko‘ngilochar mashg‘ulotlardan biri sovuq suvda suzishdir. Agar bir guruh odamlar suvga tushmoqchi bo‘lsa, ulardan biri chetda qolishi va BUNI foydalanishga tayyor holda tutishi kerak. Bir karikaturada Frankenshteynga hayot berish uchun BUNDAN foydalanilgani tasvirlangan. BUNI chet eldan kirib kelgan so‘z bilan javob kartochkangizga yozing.