Anekdot.ru saytidagi hikoyalardan birida ertalab qizi bilan birga nonushta qilmoqchi boʻlgan ota haqida soʻz boradi. Ular muzlatgichni titkilab, bor-yoʻgʻi bitta sirnik (tvorogli quymoq) topishadi va ota uni ikki qismga boʻlishni taklif qiladi. Hurmatli bilimdonlar! Qizchaning shunday taklifini aytingki, natijada har biriga bittadan emas, ikkitadan boʻlak sirnik tegsin.