Android va IOS operatsion tizimining ommalashuvi natijasida uzoq yillar bozorda gegemonlik qilgan NOKIA kompaniyasida muammolar kuzatila boshlandi. Bozordagi oʻrnini saqlab qolish maqsadida Direktorlar kengashi kompaniya boshqaruviga Microsoft kompaniyasidan Stiven Elopni taklif qildi. Tayinlovdan keyingi 2-3 yildagi voqealar rivojini kuzatar ekan, savol muallifi Stiven Elopni X ga oʻxshatadi. X ni toponim qatnashgan ikki soʻzda yozib bering.