Ancha yillar ilgari “Oʻzbekkino” buyurtmasi asosida suratga olinayotgan yangi film direktori etib Fayzirahmon Usmonov tayinlangan. Shoshilinchda ssenariyni oʻqimagan Usmonov film uchun Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondonidan yordam soʻraydi. Harbiy texnika vositalari va har ehtimolga qarshi bir batalyon askar jangovar shay holatga keltiriladi. Keyinroq unga Toshkentdan qoʻngʻiroq boʻlib, ssenariyni oʻqimagani uchun tanbeh beriladi. Savol: Oʻsha paytda qaysi film suratga olinishi kerak edi?