zakovatklubi.uz

Amir Temur ushbu ulkan saltanatga oʻzidan keyin kim hukmdor boʻlishi masalasida ham anchagina bosh qotirgan. Dastlab, katta oʻgʻli Jahongir Mirzoni, uning bevaqt oʻlimidan soʻng esa ikkinchi oʻgʻli Umarshayx Mirzoni emas Jahongir Mirzoning katta oʻgʻli Muhammad Sultonni valiahd etib tayinlaydi. Baxtga qarshi Muhammad Sulton ham erta vafot etadi. Muhammad Sultondan keyin esa Jahongir Mirzoning ikkinchi oʻgʻli Pir Muhammadni valiahd etib tayinlagan. Amir Temur oʻziga voris tayinlashda nomzodlarning bilimi, salohiyati, uddaburonligi kabi ijobiy hislatlaridan tashqari yana bir jihatga juda katta yeʼtibor qaratgan. Diqqat Savol: Amir Temur oʻziga voris tayinlashda nimaga katta eʼtibor qaratgan?

Manba