Amir Temur jamiyatda oʻzaro aloqalarni mustahkamlashga, aholini jipslashtirishga intilgan va aynan shu maqsaddda safarga chiqqanda oʻzi bilan birga UNI olib yurishni buyurgan. U bir qancha boʻlaklardan iborat boʻlib, bu boʻlaklar yigirma besh aravaga yoki 40 tuyaga yuk boʻlgan. Ehtiyoj tugʻilishi bilan, xizmatchilar darrov UNI yigʻib, tayyor qilishar ekan. Tokio-2020 olimpiadasida sigʻimi 50 nafar kishigacha moʻljallangan, maʼlum miqdorda suv zaxirasiga ega boʻlgan maxsus yuk mashinasi UNING muqobili edi. Diqqat, savol: U nima?