zakovatklubi.uz

Amir Temur hamisha janglarga puxta tayyorlangan, ayniqsa askarlar quroli va kiyimiga eʼtibor bergan. Amir Temur va Buyurlar oʻrtasidagi jang chogʻida ikki taraf qoʻshinlarining bir qismi dara tepasidagi togʻda jang qilishadi. Amir Temur voqeani uzoqdan kuzatar, jangchilarning togʻdan qulashini koʻrar, ammo qulagan askarlarning qaysi tomon jangchisi ekanini bu masofadan koʻrib farqlashi mushkul boʻlgan. Amir Temur jangchilarni aniq koʻrolmagan boʻlsa-da, qulaganlarning qay biri oʻz jangchisi ekanini bilib olgan. Savol: Amir Temur jangchilarni dushmandan qanday ajratib olgan.

Manba