Amerikadagi bir teleko‘rsatuvda mehmon bo‘lgan Barak Obama boshlovchining iltimosiga ko‘ra parodiya qo‘shig‘ini ijro etadi. O‘shanda u o‘zining hozirgi prezident Donald Trampdan ko‘ra mahoratliroq siyosatchi ekanini ta’kidlash uchun 2013-yilgi serial nomiga bir so‘z qo‘shib, kichik o‘zgarish kiritadi. Gap qaysi serial haqida ketayotganini javob kartochkalaringizga yozing.