Alisher Navoiy asarlarida BOZI soʻzini koʻrish mumkin. Bu soʻz bozordagi oʻyinchi maʼnosini bildirgan. BOZIGAR soʻzi esa, “oʻyinchi, masxaraboz” maʼnosida qoʻllanilgan. Mol bozorida eng koʻp baqir-chaqir qilib koʻzga tashlanadigan odamni BOZI emas, U deb ataymiz. U haqidagi maqolada BROKER va MAKLER ham eslab oʻtiladi. Savol: U oʻrnida kelgan qoʻsh undoshli soʻzni yozib bering.