Alfa bilan bogʻliq vaziyatdan aziyat chekadiganlardan biri boʻlgan Amerikalik Bard Jon Meyer 14 ta qoʻshiqdan iborat “ Room for Squares “ albomini chiqarganida, bor-yoʻgʻI 0,2 soniya davom etuvchi va sukunatdan boshqa narsa boʻlmagan bir qoʻshiq albomdan joy olgan. Shaxmat boʻyicha jahon chempioni Garri Kasparov esa alfadan umuman aziyat chekmaydi. Shuningdek Germaniyalik Maykl Ballak va uning hamkasblari urugvaylik Sebastyan Abreu va Italiyalik Alessandro Nesta ham Kasparov singari alfadan baxt topganlardan. Diqqat savol: Alfa nimaligini topgan boʻlsangiz, fanda alfadan aziyat chekishni ifodalovchi yunoncha terminni hoxlasangiz asl holida hoxlasangiz tarjimasini yozib bering.