ALFA nomli kompaniya yanvar oyida tashkil etilgan, ilk mahsulotini oktyabrda chiqargan, keng jamoatchilik esa bu mahsulotdan aprel oyida foydalanishni boshlagan. Kompaniya xodimlari har yozda Magnoliyada breynstorming o‘tkazadilar. Yilda bir necha marta hosil beradigan kartoshka navi ham ALFA nomini olgan. ALFA bilan almashtirilgan atoqli otni toping.