Ma’lumki, oʻtgan asrning oxiridayoq Yaponiya kompaniyalari tomonidan itlarning yangi zoti — elektron itlar "yaratilgan". Uning birinchi vakillaridan biri tashqi koʻrinishidan haqiqiysiga oʻxshash, hurishni, dumini likillatishni va ellikka yaqin buyruqni bajarishni biladigan AIBO robot-iti boʻldi. Qizigʻi shundaki, talab darajasini aniqlashga qaratilgan ushbu ishlanmaning eksperimental, sinov xarakterini ta’kidlab, mahalliy gazetalardan birining jurnalistlari mashhur iborani biroz oʻzgartirib ishlatishgan. Ular AIBO elektron kuchugini qanday atashgan?