Afsonga koʻra, hukmdor Filipp II Sparta shahri devorlariga yaqinlashib shunday xitob qiladi: - Menda butun dunyodagi eng kuchli qoʻshin bor. Taslim boʻling. Agar men darvozlaringizni zoʻrlik bilan buzib ichkariga kirsam, aholini qirib tashlayman, shaharni esa vayronaga aylantiraman. Spartaliklar Filippga “agar” deb javob berishadi. Bu javobni IKSga misol qilib keltirish mumkin. IKS - qadimgi spartaliklar yashagan hudud nomidan kelib chiqqan. Savol: IKS oʻrnidagi bir soʻzni toping.