BUNING qoʻllanish namunalarini ilk oʻrta asrlarda topish mumkin, keyinchalik U lotincha "ad" predlogini (oʻzbekcha "-ga/da" qoʻshimchasi analogi) belgilash uchun ishlatila boshlangan. XV-XVI asrlarda Venetsiya savdogarlari BU bilan suyuqliklarni oʻlchash uchun ishlatiladigan ikki tutqichli qizil loydan yasalgan idishlarni belgilashgan. BUNING nomlari koʻp: Gretsiyada — "oʻrdakcha", Germaniyada — "oʻrgimchaksimon maymun", boshqa mamlakatlarda — "chuvalchang", "choʻchqa dumi", "fil xartumi". Shuningdek, "kesilgan shtrudel" va "dorchinli bulochka" kabi nomlar ham uchraydi. Sankt-Peterburgda BUNI nima deb atashadi?