Ochiq uyalarda yashaydigan asalari turlari biron xavf tugʻilganda ovchi asalarilar tomonidan ogohlantirish signali oladilar. Ogohlantirish signali ari uyasi yuzasida bir aridan boshqasiga oʻtish orqali tezlik bilan tarqaladi va bu tarqalish arilarning tanasini egishi va qanotlarini yengil qoqishi bilan kuzatiladi. Siz eshitgan ushbu hodisaga ilm-fanda X nomi berilgan. X ning 1986-yildan keyin mashhur boʻlganini bilgan holda, uni 2-turdagi aniqlovchi soʻz birikmasi bilan yozing.