Uning so'zlariga ko'ra, u o'n uch marta boyib, yana xonavayron bo'lgan. Voiz, dengizchi, savdogar, jurnalist, maxfiy agent bo'lgan. O'zining "G'aroyib sarguzashtlari" tufayli u mashhur bo'ldi. Yorqin pamfletlari uni publitsist sifatida tanitdi, lekin aynan shu asarlari bilan u o'ziga ko'plab nufuzli dushmanlar orttirdi. Buning oqibati fuqarolik qatl bo'ldi, bu esa uni mayib-majruh ko'rinishda tasvirlaydigan masxara va g'arazgo'y karikaturalarga sabab bo'ldi. Shunday karikaturalardan biridagi yozuvning bir qismini yopib qo'ydik: "A ...rmed head in the pillory". Ushbu so'zni tiklang.