Superblits: a. Oʻtgan asrda fotosuratlarda pozalarning trafaret toʻplami mavjud edi. Rossiya fotografiya jurnallaridan birining kinoyali tasvirlashicha, quyidagi pozalar boʻlgan: qoʻllar tushirilgan xotirjam-loqayd, qoʻllar choʻntakka solingan biroz erkin. Muhim-siyosiy pozani koʻrsatib bering. b. Ispan dengizchilari uning tulumini reyaga osib qoʻyishgan. Braziliyada uning tulumini maʼlum kunlarda koʻchalar boʻylab sudrab yurishadi. Yunonlar uning avlodlari hali ham Korfu orolida yashaydi deb hisoblashadi, lekin orolliklarning oʻzlari buni gʻazab bilan rad etishadi. Armanlar esa, u Masihdan oldinroq arosatda (chistilishche) boʻlishni xohlaganini, toki Masih ruhlarni olib ketishga kelganida najot topishdan umidvor boʻlganini, lekin iblis uni aldab ketganini aytishadi. Gap kim haqida ketyapti? c. Oʻzbekcha biz: "Xayrli tong!" deymiz. Inglizlar: "Good morning!" deydilar. Ispanlar: "Buenos dias!" deydilar. Ay daho qabilasi indeyslari qanday deydilar?
a. Napoleoncha poza — qoʻl frakning qaytarmasiga tiqilgan, bosh orqaga tashlangan... b. Iuda Iskariot haqida. c. "AYDAHO!"