Erta oʻrta asrlar Angliya sud amaliyotida quyidagi gʻalati holatlar uchrab turgan: bir yer egasi (uni A deb ataylik) boshqa bir yer egasi (uni B deb ataylik) ustidan sudga shikoyat qilib, B unga (A ga) tegishli yerni egallab olganini daʼvo qilgan. Sud majlisi tayinlangan, ammo javobgar (yaʼni oʻsha B) unga kelmagan. Boz ustiga, u oʻz manfaatlarini boshqa hech qanday usul bilan himoya qilmagan va daʼvoga eʼtiroz bildirmagan. Yakunda sud yerni A ga bergan. Diqqat, savol: bunday holatlar qaysi taqiqning natijasi edi?