999-yilda Jerber Oriyyak Silvestr II nomi bilan Rim papasi etib saylandi va oʻz vakolati bilan matematika oʻqitish islohotini oʻtkazdi. Biroq, bu yangilik katolik doiralarida norozilik uygʻotdi. Papani kofirlarga xayrixohlikda, iblis bilan ittifoq tuzishda ayblashdi va hatto oʻlimidan keyin ham tinch qoʻymay laʼnatlashdi (uning qabrini "shaytoniy ruhni" haydash uchun bir necha bor oltingugurt bilan toʻldirishni taklif qilishgan). U nima qilgan edi?