Yuriy Nosov Pekinning "eski shahar" deb ataladigan qismini tasvirlab, shunday yozadi: "Sayyohlar uchun anʼanaviy ravishda jozibali boʻlgan 'eski shahar'dan ekzotika qidirish qoladi, xayriyatki, uning ayrim mahallalari hali ham saqlanib qolgan. Pekin boʻylab 95 sahifali rang-barang yoʻl koʻrsatkichining bir sahifasi eski shaharning bir qismiga bagʻishlangan. Suratga ishonmang, bu shunchaki [ikki soʻz tushirib qoldirilgan]. Haqiqat esa dahshatli: saqlanib qolgan oʻsha koʻhna koʻchalarning istalganiga nazar tashlasangiz, koʻz yetgunicha cheksiz axlatxonani koʻrasiz". Tushirib qoldirilgan ikki soʻz birlik shaklidagi iboradir. Ushbu ikki soʻzni toping.