BIRINCHI va IKKINCHI soʻzlari bilan ikki juft soʻz almashtirilgan. Dunyo boʻylab BIRINCHI mahsulotni ishlab chiqarish hajmi boshqa har qanday mahsulotdan yuqori. Shtab-kvartirasi Madridda joylashgan Xalqaro kengash dunyodagi IKKINCHI mahsulot ishlab chiqarish hajmining 95 foizini nazorat qiladi. 1917-yilda yaratilgan brend mahsulotlarida dastlab ham BIRINCHI, ham IKKINCHI ishlatilgan. Ushbu brendni ayting.