90-yillarning oxirida AQSHda baxtsiz hodisa yuz berdi. Bir nechta bolalar ota-onalari tomonidan ehtiyotsizlik bilan qoldirilgan toʻpponchalarni uylaridan olib (u yerda deyarli har bir uyda qurol bor), boʻsh maydonga oʻynashga ketishdi. Hammasi joyida boʻlardi-yu, lekin ular davra qurib, qurollarni bir-biriga qaratib bir muddat turishdi, soʻng deyarli bir vaqtda tepkini bosishdi. Toʻpponchalardan biri oʻqlangan edi. Bola joyida vafot etdi. Bu voqea ikkita sud daʼvosiga sabab boʻldi. Birinchisi, tabiiyki, ota-onalarning qurolni ehtiyotsiz saqlagani haqida edi. Ikkinchisini esa halok boʻlgan bolaning ota-onasi berdi. Ular fojia aybdori deb hisoblagan insonning ismi va familiyasini ayting.