Ushbu genni 90-yillar o'rtalarida Nyu-York universiteti olimlari kashf etishdi, Kaliforniyaning "Amgen" biotexnologiya firmasi esa kashfiyotdan foydalanish huquqini 80 million dollarga sotib oldi. Ushbu gen asosida butun dunyoda 100 milliondan ortiq odam aziyat chekadigan kasallikni davolash uchun dori yaratish mumkin deb hisoblanadi. Yangi dori ayollar orasida ham juda mashhur bo'lishi shubhasiz. Bu gen organizmda qanday vazifani bajaradi?
"Xushqomatlik geni" ishtahani bo'g'uvchi oqsil sintezi uchun javob beradi.