Yer yuzida sayohat qilib yurib, Nikola va Kasyan (avliyo Kassian Rimskiy) loyga botib qolgan aravasi atrofida kuymalanayotgan dehqonni koʻrib qolishadi. Kasyan oppoq kiyimlarini bulgʻashdan va Xudo oldida nomunosib koʻrinishda namoyon boʻlishdan qoʻrqib, bechoraga yordam berishni xohlamaydi, Nikola esa hech ikkilanmay ishga kirishadi. Aravani chiqarib olishganda, yordamchining hamma yogʻi loyga botgan, ustiga-ustak bayramona kiyimlari ham yirtilib ketgan edi. Tez orada har ikki avliyo Parvardigor huzurida hozir boʻlishadi. Nikola nima uchun bunchalik iflos, Kasyan esa nega toza ekanini bilgan Rabbiy birinchisiga yilda bitta oʻrniga ikkita bayram (9-may va 6-dekabr) berdi, Kasyan esa "mukofot" sifatida nimaga ega boʻldi?
Kasyanning bayramlari soni toʻrt yilda bir marta (29-fevral) etib qisqartirildi.