Amerikaliklarning tinimsiz va koʻpincha asossiz shoshqaloqligi hammaga maʼlum. Ilya Erenburg oddiy amerikalikning tongini shunday tasvirlaydi: "Ertalab soat 9 da u hayajon ichida uyidan otilib chiqdi, gazeta va sigara sotib oldi, metroga yugurib kirdi, kechikayotganidan qattiq xavotirda edi. Metrodan chiqib, osmonoʻpar binolardan biri sari yugurdi, 36-qavatga koʻtarildi, shoshilib idorasi eshigini ochdi, pidjagini shoshib kiyim ilgichga osdi, kresloga oʻtirdi, sigarasini tutatdi, gazetani ochdi va...". Keyin u nima qildi?