1862-yil 9-mart kuni ertalab Janubiy shtatlarning "Virjiniya" kemasi va shimolliklarning "Monitor" zirhli kemasi jangda toʻqnash kelishdi, jang uch soat davom etdi, kemalar bir-biriga yaqin keldi, ammo ulkan snaryadlar har ikkala kemaning zirhidan ularga zarar yetkazmasdan sakrab ketardi. Raqiblar tarqalishdi. Ammo ingliz tarixchisi Vilsonning taʼkidlashicha, 9-martdagi jang zafar bilan yakunlangan. Bu kimning zafari edi?