Blits. Mavzu: sobiq sovet respublikalarining zamonaviy bayroqlaridagi ranglar: a) Bu rang 15 ta bayroqdan 9 tasida uchraydi. Ba’zi talqinlarga koʻra, u turli bayroqlarda tinchlik, xudo, yozgi tun, yorugʻ kelajakni anglatadi. b) Bu rang 15 ta bayroqdan 6 tasida uchraydi. Ba’zi talqinlarga koʻra, u turli bayroqlarda sadoqat va vafodorlik, hukmdor, mangu tunni anglatadi. v) Bu rang 15 ta bayroqdan 12 tasida uchraydi. Ba’zi talqinlarga koʻra, u turli bayroqlarda modernizatsiya va taraqqiyot, xalq, hayotiy kuch, quyosh energiyasini anglatadi.