BIRINCHILARNING 86 foizi suvdan iborat boʻlib, ular oʻzining mashhurligi uchun bromelayn moddasidan qarzdor. IKKINCHILAR sovuq fasllarda asosan qayin, qandagʻoch, tol, koʻk terakning kuchalari va kurtaklari, archa mevalari bilan oziqlanadi. Shuning uchun ularning goʻshti achchiqroq taʼmga va kuchli smola hidiga ega. BIRINCHI va IKKINCHILAR ishtirok etgan mashhur chaqiriq muallifining familiyasini ayting.