Ushbu mashhur rassomning gʻalatiliklari haqida koʻplab afsonalar saqlanib qolgan. Aytishlaricha, u Italiyada oʻqish uchun pul ishlash maqsadida toreadorlar guruhiga qoʻshilgan, Italiyada boʻlganida esa oʻz jasoratini isbotlash uchun Avliyo Petr sobori gumbaziga chiqib olgan. Xalq orasida "Kar odamning uyi" deb nom olgan oʻz uyining devorlariga moyboʻyoq bilan rasm chizgan. Unga dunyo miqyosida shuhrat keltirgan 83 ta ofortdan iborat turkum qanday nomlanadi?