Akademiya. Dioskurlarga singlisining joyini koʻrsatgan odamning ismi Akadem boʻlgan. Uning shahar tashqarisidagi mulki va Platon maktabi joylashgan Afina yaqinidagi hudud — Akademiya deb atalgan. Oʻshandan beri koʻplab oʻquv va ilmiy institutlar akademiya deb ataladi.