80-yillarning oxirida mashhur bir kompaniya avvalgi nomi ostida emas, balki butunlay yangi brend ostida mahsulotlar chiqara boshladi. Mashhur reklama agentliklari o‘rtasida nom va logotip uchun tender e’lon qilindi. Tender ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Lippincott Mercer kompaniyasi logotip sifatida cheksizlikka eltuvchi yo‘lni taklif qildi. Ba’zilarda esa logotip Quyosh chiqayotgan paytdagi Fudziyama bilan assotsiatsiya qilinardi. Siz esa natijada brendga qanday nom berilganini javob kartochkalaringizga yozing.