80-yillarning oxirida bir mamlakatda gullarning ikkita yangi navi yaratildi. Ularning suratlari doim gazetalarda bosilar, televideniyeda koʻrsatilar edi. Bu gullar shoir va sozandalarni ilhomlantirgan. Ularni butun mamlakat boʻylab tarqatish masalasi turardi, chunki ularda nafaqat estetik, balki muhim siyosiy jihat ham bor edi. Bir gul "Kimchenirxva" deb nomlangan, ikkinchisining nomiga qaraganda, u birinchisining otasi hisoblanadi. Ikkinchi gul qanday nomlanadi?