Agar ushbu davlat bayrogʻining yuqori ikki chizigʻini teskari oʻgirsangiz, shu bayroqning pastki ikki chizigʻi hosil boʻladi. Bu mamlakatning milliy ramzlari — oq jiblajibon, moychechak, joʻka va eman daraxtidir. Agar bu qaysi davlat ekanligini topgan boʻlsangiz, Rossiya tarixining 80 yildan koʻproq vaqti bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan oʻziga xos harbiy boʻlinmani eslang. Agar ushbu boʻlinma nomidagi oxirgi soʻzni eslasangiz, shu soʻz ishtirok etgan iboradagi inson familiyasini osongina ayta olasiz.