[Ushbu savolga tegishli tarqatma material faqat quyidagi ogohlantirish oʻqib boʻlingandan keyin tarqatilishi kerak. Tarqatma material dumaloq fotosuratdan iborat. Doira haqiqatan ham qaychi bilan qirqilgan boʻlishi kerak. Sekundantlar har bir jamoaga uchtadan nusxa tarqatadilar va ularni fotosuratini pastga qaratib qoʻyadilar, shunda jamoalar tasvirni koʻrmaydilar.] Ogohlantirish: Hozir stolingizga qoʻyiladigan tarqatma materialga tegmang! Savolga javob topshirguningizcha unga tegish mumkin emas. [Har bir jamoaning stoliga uchta dumaloq fotosurat — DIQQAT! — tasviri PASTDAGI holatda qoʻyiladi.] Biz sizga diametri 80 kilometr va chuqurligi taxminan 2 kilometr boʻlgan, mashhur olim sharafiga nomlangan obyektning fotosuratlarini tarqatdik. Ushbu obyektni ayting.