80-yillarning oʻrtalarida Kavkazdagi sport lagerida boʻlgan Yevgeniy Veselov yangi leksikon yaratdi. Biroq, "oynachalar" (windows) paydo boʻlishi bilan eski leksikon eskirib qoldi. Shu sababli, 1995-yil bahorida Veselov yangisini yaratganini eʼlon qildi. Aytaylik, bu leksikon nima uchun kerakligi tushunarli, ammo bu yerda oynachalarning nima aloqasi bor?
"Leksikon 2.0" matn muharririning Windows (inglizcha — "oynalar", "oynachalar") operatsion tizimi bilan mos keladigan yangi versiyasi.