"Uzuklar hukmdori javob zarbasi beradi" parodiyasida ham Tolkin, ham zamonaviy voqelik bilan bogʻliq nomlarga ega harbiy texnikalar uchraydi: "Uchar qal'a" bombardimonchilari, "Morgot-80" tanklari va hokazo. Hazil oʻz yoʻliga, lekin 1980-yillarda bir qator Yaqin Sharq armiyalari qurollanishiga toʻliq Tolkincha nomga ega tank kelib tushdi. Ishlab chiqaruvchi mamlakatni topish oson, chunki tankning nomi ushbu mamlakatning koʻplab toponimlariga kiradi. Tolkinda ham bu nom, keng tarqalgan fikrga koʻra, aynan oʻsha mamlakat bilan bogʻliq. Tank qanday nomlanadi?