Oʻtgan asrning 80-yillarida savol muallifining koʻzi ittifoqdosh respublikalardan birining xaritasiga tushib qoladi. Uning shartli belgilarida “Aholisi 1 000 000 dan ortiq boʻlgan shahar” belgisi bor edi, vaholanki, hatto ushbu respublika poytaxti ham millioner-shahar emas edi. Ushbu belgining paydo boʻlishiga qandaydir marvarid sabab boʻlgan. Biz sizdan bu marvarid qayerda joylashganini soʻramaymiz. Savol muallifi xaritasini koʻrgan respublikani ayting.