Biz avvaliga ushbu shahar haqidagi savolni rekvizit bilan bermoqchi boʻldik, ammo keyin bu gʻoyadan voz kechdik. Chunki rekvizitdagi shaharni baʼzilar Jenevaga, baʼzilar Bazelga, baʼzilar esa Montryoga oʻxshatishardi. Boden koʻli sohilida joylashgan va taxminan 9 ming kishi yashaydigan ushbu shaharning nomini yozing.